Kutubxonaga sayohat
✅6-iyul kuni Forish tuman Kelajak maktabi to'garak ishtirokchilari yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona fondi, yangi adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
📚Shuningdek, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida turli bolalarga mos kitoblari haqida ham qisqacha so‘z yuritildi.
