Kutubxonaga sayohat
✅20-iyul kuni Forish tumanidagi 1-son maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Sayohat davomida kutubxona xodimlari tomonidan jajji mehmonlarga kitoblardan foydalanish tartibi hamda bolalar uchun mo'ljallangan rang-barang ertak kitoblari, she'rlar va qiziqarli hikoyalar tanishtirildi. Bolalar o'zlari yoqtirgan kitoblarni qiziqish bilan tomosha qilib, ertak qahramonlari haqida iliq taassurotlarini o'rtoqlashdilar.
✅Sayohat davomida "Mening sevimli ertagim" mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi. Kutubxona xodimlari esa ertaklarning bolalarga ezgulik, mehr-oqibat, halollik, do'stlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so'zlab berdilar.
