Kutubxonaga sayohat
✅23-iyul kuni Forish tumanidagi 1-son maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Sayohat davomida kutubxona xodimlari tomonidan jajji mehmonlarga kitoblardan foydalanish tartibi hamda bolalar uchun mo'ljallangan rang-barang ertak kitoblari, she'rlar va qiziqarli hikoyalar tanishtirildi.
