Kutubxonaga sayohat
✅12-avgust kuni Forish tuman 1-umumta'lim maktab o'quvchilari yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati hamda Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona fondi, yangi adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
📚Shuningdek, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida O'zbek xalq ertaklaridan "Qirq yolg'on" ertak kitobi haqida ham qisqacha so‘z yuritildi.
