Kutubxonaga sayohat
📚 15-sentabr kuni Forish tuman 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌 Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati hamda Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga axborot-kutubxona markazi faoliyati, kutubxona fondida mavjud adabiyotlar, yangi kelib tushgan kitoblar hamda ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
✅Shuningdek, o‘quvchilar “Milliy qadriyatlar — ma’naviy kamolot mezoni” nomli kitoblar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazmada xalqimizning boy tarixi, milliy urf-odatlari, an’analari, ma’naviy merosi va qadriyatlarini aks ettiruvchi turli adabiyotlar namoyish etildi.
