Kutubxonaga sayohat
✅29-sentabr kuni Forish tuman 16-umumta'lim maktab kitobxonlari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌Tashrif davomida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o‘quvchilarga kutubxona fondining saqlanishi, kitoblarni joylashtirish va tartibga keltirish, yangi adabiyotlarni hisobga olish hamda kataloglashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🗣Shuningdek, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kitob berish-qaytarish jarayonlarini to‘g‘ri yuritish, kutubxona hujjatlarini rasmiylashtirish va yuritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
