Kutubxonaga sayohat
📚 15-oktabr kuni Forish tumanidagi 25-umumta’lim maktabi kitobxon o‘quvchilari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌 Tashrif davomida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Axborot-bibliografiya xizmati xodimi tomonidan o‘quvchilarga o‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning boyligi, jozibasi hamda xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘rni haqida keng tushunchalar berildi.
✅Sayohat davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi bebaho meros ekanligi alohida ta’kidlandi.
