Kutubxonaga sayohat
📚 16-oktabr kuni Forish tumanidagi 1-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
📌 Tashrif davomida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Axborot-bibliografiya xizmati xodimi tomonidan bolajonlarga ona tilimizning o‘rni haqida so'zlab berdi.
💐 Sayohat davomida bolajonlarga o‘zbek tilimiz bizning ona tilimiz ekanligi, til orqali o‘z fikrimizni bildirishimiz, bir-birimiz bilan muloqot qilishimiz hamda ertak va she’rlarni o‘rganishimiz haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ona tilimizda chiroyli va odobli so‘zlashish, kattalarga hurmat ko‘rsatish, shirinso‘z bo‘lish hamda ona tilimizni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligi bolalarga sodda misollar orqali tushuntirildi.
