"Kutubxonaga sayoxat"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-sentyabrdagi 54-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” hamda "Kitobsevar millat" shiori ostida Forish tuman axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod bolalar maktabining to'garak qatnashchilari tashrif buyurib axborot-kutubxona markazi fondlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomidan TAKM xodimi M.Ayasova qatnashchilarga o'zbek xalq ertaklaridan "Hunarli yigit" ertagi haqida so'zlab berdi.