Kutubxonaga sayoxat
2-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markaziga Barkamol avlod bolalar maktabining to'garak qatnashchilari tashrif buyurdilar. Kutubxona bo`ylab sayohat davomida o`quvchilar tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondi, fond tarkibi, fond joylashishi va undan foydalanish qoidalari haqida axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o'quvchilar foydali ma`lumotlar oldilar. o`quvchilarga yozgi ta`tilni maroqli, mazmunli o`tkazish uchun kitobga qiziqish va "Yoz mutolaa bilan" shiori ostida qiziqarli kitoblar mutolaa qilish kerakligi tushuntirildi.