Ma'naviyat soati
10-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o`rtasida navbatdagi "Ma`naviyat soati" o`tkazildi. Bugungi ma`naviyat soatida tuman axborot-kutubxona markazining 2026-yil birinchi yarim yillik hisoboti va ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Birinchi yarim yillikda yo`l o`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to`g`risida axborot-bibliografiya xizmat rahbari tomonidan ko`rsatmalar berildi.
