Mahmudxo'ja Behbudiy merosi
✅25-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonometlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan Barkamol avlod bolalar maktabining to‘garak qatnashchilari o‘rtasida mashhur jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab "Mahmudxo'ja Behbudiy merosi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar Behbudiyning ilm-fan, ma’rifat, milliy uyg‘onish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, matbuot sohasidagi o‘rni, shuningdek, xalqni uyg‘otishga qaratilgan faoliyati haqida fikr almashdilar.