"Mahorat darsi"
📚“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 15-aprel kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazida AKT xizmati tashabbusi bilan xodimlar uchun “Bugungi kunda sun’iy intellektning o‘rni va foydalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
🔖Mahorat darsi zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda xodimlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni yangi texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
📌Dars davomida sun’iy intellekt tushunchasi, ishlash prinsiplari va turli sohalarda qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi. Xususan, uning kundalik hayot, ta’lim, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va kutubxona tizimidagi ahamiyati misollar bilan tushuntirildi. AI vositalari orqali matn yaratish, tarjima qilish, ma’lumot tahlili hamda tasvir va video tayyorlash imkoniyatlari amaliy ko‘rsatib berildi.
