Mahorat darsi
📚 “INFOLIB ÖZBEKISTON-2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 17-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish hamda bugungi kunda keng tarqalib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Sun’iy intellekt – zamonaviy imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
💻 Mahorat darsi davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari, ularning kundalik ish jarayonidagi ahamiyati va axborot-kutubxona faoliyatida qo‘llash usullari haqida batafsil tushunchalar berildi. Xususan, ChatGPT va boshqa sun’iy intellektlar yordamida matnlar tayyorlash, ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish, rasm hamda taqdimotlar yaratish, turli hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi.
