Maqolni davom ettiramiz
12-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan bolalar o‘rtasida "Maqolni davom ettiramiz" mavzusida qiziqarli va mazmunli o‘yin tashkil etildi. Ushbu o‘yin faol kitobxonlar orasida o‘zaro ijodiy fikrlashni rivojlantirish, milliy maqollarimizni eslab qolish hamda bolalarning bilimlarini charxlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar maqollarni to‘ldirish, ularning ma’nosini tushuntirish kabi topshiriqlarni bajardilar. O‘yin jarayoni bolajonlar uchun nafaqat bilim beruvchi, balki ko‘ngilochar tarzda o‘tdi va ularning yozgi ta’tilini yanada sermazmun qildi.