"Mehr kutubxonasi"
“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 16-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mamlakatimizda har bir oilaga kitob kirib borishini taʼminlash jumladan qariyalar hamda imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga kitob eltuvchilik xizmatini yoʻlga qoʻyish maqsadida "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida manzilli xizmat tashkil etildi.
📌Mazkur tashabbus doirasida keksalar va imkoniyati cheklangan kitobxonlarga ular tomonidan so'ralgan adabiyotlar yetkazib berildi hamda ular o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma davomida kitobxonlarning qaysi janrdagi adabiyotlarga ehtiyoji borligi, ularning qiziqish doirasi, mutolaa qilish istaklari hamda kelgusida qanday kitoblarni o‘qishni xohlashlari o‘rganildi.
