Metodik yordam
✅27- aprel kuni Forish tuman axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Forish tuman 1-umumta'lim maktab kutubxonasiga metodik yordam ko'rsatildi. Metodik yordam jarayonida kutubxona fondidagi adabiyotlarga ishlov berish, ularni tartibga solish, bibliografik yozuvlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, alfavit va sistemali kartotekalarni yuritish hamda to‘ldirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📌Metodik yordam davomida maktab kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kutubxona hujjatlarini me’yoriy talablar asosida yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
