Metodik yordam
✅7-may kuni Forish tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Madaniyat markazining ko'zi ojizlar kutubxonasiga metodik yordam ko'rsatildi. Metodik yordam jarayonida kutubxona fondidagi adabiyotlarga ishlov berish, ularni tartibga solish, bibliografik yozuvlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ko‘zi ojiz kitobxonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularga mos adabiyotlar bilan ta’minlash, audio kitoblar va maxsus formatdagi manbalar bilan fondni to'ldirish bo'yicha maslahatlar berildi. Mazkur metodik yordam kutubxona faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish hamda aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
