Metodik yordam
📚 Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazidan Forish tuman axborot-kutubxona markaziga metodik yordam ko‘rsatish va ish faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi.
Tashrif davomida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi direktorining o‘rinbosari hamda kadrlar bo‘yicha inspektori tomonidan Forish tuman axborot-kutubxona markazining bo‘lim va xizmatlaridagi ish jarayonlari atroflicha o‘rganildi. Jumladan, bo‘limlarning ish faoliyati, hujjatlarning yuritilishi, xizmat ko‘rsatish jarayonlari, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
Metodik yordam jarayonida ish faoliyatining mavjud holati tahlil qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda kutubxona ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, xodimlarning mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kelgusidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
