Metodik yordam
25-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 4-umumta'lim maktab kutubxonachisi tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab kutubxonachisi axborot-bibliografiya xizmati ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Axborot-bibliografiya xizmat rahbari tomonidan xodimlarning ish me'yorlari, elektron va an'anaviy kataloglar haqida uslubiy va amaliy yordam ko'rsatildi.
