Muzeyga sayohat
📚 7-may kuni Forish tuman Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 33-umumta’lim maktabi kutubxona xodimlari hamkorligida faol kitobxon o‘quvchilar bilan tumandagi Madaniyat markazida joylashgan muzeyga sayohat tashkil etildi.
📌Sayohat davomida faol kitobxonlarga muzey tarixi, u yerda saqlanayotgan eksponatlar, shuningdek, Forish tumanida yashab ijod qilgan yozuvchilar hamda tarixda iz qoldirgan insonlarning qo‘lyozmalari va boshqa tarixiy buyumlari haqida ma’lumotlar berildi.
❇️Shuningdek, sayohat davomida o‘quvchilar Madaniyat markazida joylashgan kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
