"O'n sakkizga kirmagan kim bor" kitobi yuzasidan davra suhbati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi 2023-yil 18-sentyabrdagi 54-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida 24-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-umumta'lim maktab kitobxonlari o'rtasida Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor" kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi B.Bo'ltakova hamda TAKM xodimi M.Ayasovalar kitobxonlarga kitob haqida ma'lumot berib o'tdilar.