Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-maydagi “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmonining 10-bandida 2025-yil iyuldan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.
✅ Shu munosabat bilan joriy yilning 19-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tuman Ma'daniyat markazida joylashgan O'lkashunoslik muzeyga sayohat tashkil qilindi.