"Ona - aziz va mo'tabar siymo"
Onajonlarimizni qancha ta'rif bersak oz. Ona buyuk zot! Ona o'zida nafosat, latofatni, sadoqatni aks ettiradi. Ona so'zi 3 harfdan iborat "O" - Oriyat "N"-Nafosat "A"-Andisha degan ma'nolarni anglatadi. Ona go'zallik, donolik timsolidir. Shu munosabat bilan 25-umumta'lim maktabda "Ona - aziz va mo'tabar siymo" deb nom olgan adabiy musiqiy kecha tahskil qilindi. Kechada bir-biridan go'zal bo'lgan qizlarimiz orasida bellashuvlar bo'lib o'tdi. Bellashuv mobaynida onalarni tarannum etiuvchi kuy-qo'shiqlar samimiy tilaklar, sherlar aytib o'tildi.