Rasmlar tanlovi
📚 2-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-son bolalar bog‘chasi hamkorligida bolajonlar ishtirokida "Dunyo bolalar nigohida" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
🎨Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda ularning dunyo haqidagi tasavvurlarini ranglar orqali ifodalashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🎨Tanlov davomida kichkintoylar o‘z tasavvurlari va orzularini qog‘ozga tushirib, tabiat, oila, do‘stlik, tinchlik va baxtli bolalik mavzularida rang-barang rasmlar chizdilar. Har bir rasmda bolalarning beg‘ubor nigohi, yorqin tasavvuri va ijodkorlik qobiliyati o‘z aksini topdi.
