Said Ahmad "Ufq" romani
Forish tuman axborot-kutubxona markaziga 33-umuma'lim maktab kitobxonlari o'rtasida Said Ahmadning "Ufq" romani yuzasidan "Men o'qigan roman" nomli davra suhbati tashkil etilgan. Davra suhbatida 33-umumta'lim maktab kutubxonachi V.Muqumova hamda TAKM xodimi G.Ayasovalar kitobxonlarga "Ufq" romani haqida gapirib berdilar. Davra suhbatida kitobxonlar roman haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
Ufq trilogiyasi-1964-1974-yillar oralig'ida yozilgan uch qismdan iborat roman. Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonlari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi