Sayyor tadbir
📚 28-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kichik guruh bolajonlar uchun sayyor ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida bolajonlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan turli ertaklar o‘qib eshittirildi. Ertak mazmuni va qahramonlari orqali bolalarga ezgulik, do‘stlik, halollik hamda mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berildi. Ertak yuzasidan bolajonlar bilan qiziqarli suhbat o‘tkazilib, ularning fikrlari tinglandi.
