Tadbir
11-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda Kelajak markazi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida “Mutolaa bilan yuksalamiz” nomli tadbir tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni muntazam kitob o‘qishga jalb etish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
