Tadbir
🏆 “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 20-noyabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan haftalik davomida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida tanlov va bellashuvlarda yuqori natijalarga erishgan, faolligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun faol ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.
📚Mazkur tadbir haftalikning tantanali yakuni bo‘lib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarning bilim va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
