Tanlov
📚 30-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman Kelajak markazi hamkorligida har haftaning payshanba kuni an'anaviy o'tkazib kelinayotgan "Yoshlar kuni" doirasida rahbarlar boshchiligida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi va strategik yondashuvini namoyon etdilar.
📌Tadbir yakunida g‘olib hamda faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
