Targ'ibot
29-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida xiyobonda kitob o‘qishga qaratilgan targ'ibot ishi tashkil qilindi. Faol kitobxonlar turli mavzulardagi kitoblarni o‘qishdi va o‘zaro fikr almashishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlar ongida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash hamda ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.