Tavsiya
✍️ Asqad Muxtor.
📖Opa-singillar.
📕Aziz kitobxonlar biz sizga bugun Asqad Muxtorning ʼʼOpa-singillar ʼʼkitobini tavsiya qilmoqchimiz. Bu gulistonning bogʻbonlari gʻaroyib insonlar edi. Ularning sardori - bosh muharriri oʻzbek adabiyotining klassigi Asqad Muxtor edi . Ulugʻ inson , ulugʻ adib,shafqatli murabbiy- u zoti sharif shaʼniga mening ojiz bisotimdan munosib soʻz topilmaydi. Faqat shuni ilova qilmoqni joiz bilamanki , Asqad Muxtor -adabiyot mohiyatini toʻgʻri anglagan va adabiyot xususida fikr almashmoq mumkin boʻlgan juda kam sonli adiblar sirasiga kirardi. Davrining zabardast yozuvchilaridan biri Xayriddin Sultonovning Asqad Muxtor haqidagi fikrlari naqadar haqligini birgina ʼʼOpa-singillar ʼʼmutolaasida ham bilishingiz mumkin.
