Tavsiya
📚 Forrest Gamp
✍🏻 Uinston Grum
Qadrli kitobxonlar!
Uinston Grumning «Forrest Gamp» asari keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mutolaa davomida o' quvchi gohi kuladi, gohi yig'laydi, vaqti kelsa, asar qahramonlariga chin dildan achinadi. Forrest - telba, shu bilan birga omadi kulgan inson, qaysiki ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyat qozonadi. Atrofdagilarga yordam berib yashaydi. Kitobni o'qish davomida har qanday vaziyatda ham tushkunlikka tushmaslik, faqat va faqat oldinga intilish kerakligini anglaysiz. Ushbu asar asosida ishlangan film Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan.
