Uchrashuv
✅ 27-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida Forish tumanida yashovchi Afg‘on urushi qatnashchisi Botir To‘rayev faol kitobxonlar bilan uchrashdi.
📌 Uchrashuv davomida Botir To‘rayev o‘zining hayot yo‘li, Afg‘onistonda kechgan voqealar va harbiy xizmat xotiralari haqida so‘zlab berdi. Suhbat jarayonida tinchlikning qadriga yetish, Vatanga sadoqat, jasorat va insoniylik kabi fazilatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
💬 Faol kitobxonlar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda faxriy mehmon bilan samimiy suhbat qurdilar.
