Uchrashuv
📚 Foriş tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvçilarga xizmat körsatiş xizmati tomonidan yoşlar iştirokida qiziqarli va mazmunli uçraşuv taşkil etildi.
📌Uçraşuv davomida 3-sinf öquvçisi Mahmudov Şoxruz Obidoviç özining musiqiy iste’dodi va mahoratini namoyon etib, törtta milliy çolğu asbobida kuylar ijro etdi. Yoş bölişiga qaramay, milliy musiqa san’atiga bölgan qiziqişi, çolğu asboblarini çalişdagi mahorati va sahnadagi dadilligi iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
📌Tadbir davomida milliy çolğu asboblarimizning öziga xos xususiyatlari, ularning xalqimiz madaniy merosidagi örni hamda yoş avlod qalbida milliy san’atga mehr uyğotişning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
