Uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, Forish tumani Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak qatnashchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida Forish tuman Yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi bilan uchrashuv tashkil etildi. Tashrif davomida yoshlar ushbu kasbga oid faoliyat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi. Uchrashuv davomida Isomiddinov Alisher hamda Tursunqulov Abdulatiflar yoshlarga o'z sohalari bo'yicha turli savollarga javob berdilar.