Uchrashuv
📚Forish tuman axborot-kutubxona markazida 2-12-sentyabr kunlari o`tkazilayotgan "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida 8-sentabr kuni "Kitob hayot yo’llarini yoritguchi shamchiroq" nomli uchrashuv kechasi tashkil etildi. Uchrashuv tumanimizda yashab ijod qilayotgan shoira Saida Siddiqova bilan bo`lib o`tdi. Shoira o`z hayoti va ijodi bilan yosh kitobxonlarni tanishtirib o`tdi va ijodidan namunalar o`qib berdi. Shoira "Sabr sultoni", "Taqdir","Jajji bolajon" nomli she`riy kitoblari haqida, har bir she`rini yozilish ta`rixi haqida so`zlab berdi.
📌O`zining "Sabr sultoni","Taqdir","Jajji bolajon" nomli kitoblaridan tuman axborot-kutubxona markaziga taqdim etdi.