Uchrashuv
📚 Forish tuman tog‘ poligoni xodimlari kichik serjant Xasanov Abbos Faxriddin o‘g‘li, Kichik serjant G‘oyibov Begzod To‘rayevich, Kapitan Shoyoqubov Abdulaziz Xanjarali o‘g‘li hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida “Kelajakdagi kasbim” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
📌Uchrashuv davomida Forish tuman tog‘ poligoni xodimlari o‘zlarining sharafli kasblari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar. Ushbu kasbni egallash uchun ko‘proq o‘qish, bilim olish hamda muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish zarurligi qo'shimcha qilindi.
✅Bu ma’lumotlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, kutubxona xodimi ham kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, unga erishish uchun eng avvalo kitob o‘qish va puxta bilim olish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
