"Uchrashuv"
📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 16-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida tumanda yashab ijod qilayotgan iste’dodli yozuvchi va shoira Saida Siddiqova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
✨ Tadbirda faol kitobxonlar, o‘quvchi-yoshlar, hamda ustozlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida shoira Saida Siddiqova o‘zining ijod yo‘li, she’riyatga kirib kelish sabablari hamda bugungi kunda yaratayotgan she'riy to'plamlari haqida samimiy fikr-mulohazalari bildirdi.
