Uchrashuv
📚14-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda Forish tumani “Kelajak” markazi hamkorligida o‘quvchi-yoshlar va to‘garak a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan havaskor ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
✅Uchrashuvda ijodkorlar o‘zlarining ijodiy faoliyati haqida so‘zlab, turli mavzulardagi she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar. Shuningdek, yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, kitob mutolaasi, bilim olish, vaqtni mazmunli o‘tkazish va o‘z ustida ishlash bo‘yicha qimmatli maslahat va tavsiyalar berdilar.
📌Tadbir yoshlar uchun mazmunli va samimiy muloqot tarzida o‘tib, ularning adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
