Uchrashuv
📚 7-oktabr kuni Forish tuman 1-umumta’lim maktabi, IIB Forish tuman bo‘limi, Forish tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida o‘quvchilar ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda zararli illatlardan yiroq bo‘lish haqida tushunchalar berildi. IIB xodimi tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, tibbiyot xodimi tomonidan esa uning inson organizmiga yetkazadigan zararlari haqida ma’lumot berildi.
📌Tadbir doirasida Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak garovi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
❇️Uchrashuv yakunida o‘quvchilar sog‘lom hayot tarzini tanlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishga chaqirildi.
