“UYG‘ONISH” — YOSH IJODKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT!”
✍️ Ijodkor yoshlar diqqatiga!
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, adabiyotning nazm va nasr yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi baland yoshlar uchun “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanloviga start berildi!
📖 Mazkur tanlov yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.
📍 Tanlov Forish tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Qo‘ylanova Nafisa Saidazimovna hamda tuman Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoira Saida Siqqiqova ishtirok etdilar.
🌟 Uchrashuv davomida mehmonlar yosh ijodkorlar bilan samimiy muloqot olib borib, adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, she’riyat va nasrning o‘ziga xos jihatlari, ijodkorlik mas’uliyati hamda badiiy tafakkurni rivojlantirish haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
