“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
❇️ Forish tumanidagi barcha mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
❇️ Xususan, tumanning “O‘zbekiston” mahallasida ham “Inson qadri” ijtimoiy ma’rifiy loyihasi doirasida 8-avgust kuni Forish tuman hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, tuman sport maktabi, tuman axborot-kutubxona markazi, tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
❇️ Tadbirda tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etishdi.
❇️ Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi badiiy havaskorlari ijrosida konsert dasturi, jajji bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar, sport musobaqalari, amaliy san’at va kitob ko‘rgazmalari namoyish etildi.