“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
🔰 Forish tumanidagi barcha mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, 16-avgust kuni tumanning Amir Temur nomli mahallasida ham " Inson qadri" ijtimoiy ma’rifiy loyihasi doirasida tuman hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, ma’naviyat markazi tuman bo‘limi, tuman axborot-kutubxona markazi, yoshlar ishlari, mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, tuman sport maktabi, tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
❇️ Tadbir " Salomatlik uchun besh ming qadam " piyoda yurish marofonidan boshlandi.Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi 18 - son bolalar musiqa va san’at maktabi badiiy havaskorlari ijrosida konsert dasturi, sport musobaqalari, tuman axborot kutubxona markazi tomonidan 120 nomda kitoblar ko‘rgazmasi va hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi.
❇️Tadbirda Vatanga bo‘lgan sadoqat, faxr va iftixor ifoda etildi.
