Xalq og'zaki ijodining bolalar tarbiyasidagi o'rni
Forish tuman Axborot -kutubxona markazi xodimi G.Ayasova tomonidan 1-umumta'lim maktabining faol kitobxonlari 4-sinf o'quvchilari ortasida "Xalq og'zaki ijodining bolalar tarbiyasidagi o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil qildi. Xalq og'zaki ijodiyoti milliy qadriyatlarimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli va hamisha yangilanib, har bir avlod badiiy tafakkurining sarchashmasidan quvvat olib sayqallanib boradigan, ya'ni doimiy harakatdagi ijodiy jarayon hisoblanadi.