"Xotirangiz mangu qalbimizda"
17-noyabr kuni Forish tuman Ma'naviyat markazi, Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda 1-umumta'lim maktabi hamkorlikda o'quvchilar o'rtasida Qatag'on qurbonlarini yod etish ularni xotirasini abadiylashtirishga bag'ishlab "Xotirangiz mangu qalbimizda" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat davomida ishtirokchilarga qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning Vatan ravnaqi va xalq ma’naviyati yo‘lida olib borgan xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan safna ko'rinishlar ijro etildi. Suhbat so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
