Yosh kitobxon
📚Forish tumanida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar uchta 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalarida bellashdilar.
Tanlov davomida yoshlar o‘zlarining bilim saviyasi, kitobxonlik madaniyati va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
📌10-14 yosh toifasida O'zbekiston MFY dan Farhodova Sabrina 1 o'rin.
15-19 yosh toifasida Uchma MFY dan Egamberdiyeva Dilnura 1 o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.
Tanlov yakunida g‘oliblar munosib taqdirlanib, ularga tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
