"Zakovat intellektual o'yini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-sentyabrdagi 54-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” hamda "Kitobsevar millat" shiori ostida Forish tuman axborot-kutubxona markazi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak qatnashchilari bilan birgalikda Zakovat intellektual o'yini tashkil qilindi. Zakovat intellektual o'yinida 4-jamoa o'zaro berlashdilar. Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan jamoalar "Barkamol avlod" bolalar maktabi va tuman AKM xodimlari tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.