Zakovat” intellektual o‘yini
✅6-aprel kuni Forish tuman 1-umumta’lim maktabi hamda Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamkorlikda 9-aprel — buyuk sarkarda va mutafakkir Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari — adolat mezoni” nomli “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
📌Tadbir davomida o‘quvchilar Amir Temurning boy ma’naviy merosi, davlat boshqaruvi, adolat va harbiy san’at borasidagi ulkan tarixiy xizmatlari haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Savol-javoblar “Temur tuzuklari” asari asosida tuzilib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.
