Zukko_kitobxon
24-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi hamda Forish tumani 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi birgalikda "O'zbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 6-10-sinf o'quvchilari faol qatnashdi. 9 b-sinf o'quvchilari 1-o'rinni, 8 a-sinf o'quvchilari 2- o'rinni , 9-a va 9-d sinf o'quvchilari 3-o'rinni egallashdi. Maqsadimiz:Kelajagimiz bo'lgan yoshlarni kitobsevar millat ruhida tarbiyalash.